INTELLEKTUAL MULK OB’EKTLARIGA BO’LGAN MUTLAQ HUQUQLAR VA ULARNI HIMOYA QILISH USULLARI
PDF

Keywords

Fuqarolik huquqi, intellektual mulk huquqi, huquq, intellektual mulkka bo'lgan mutlaq huquq, fuqarolik huquqi, fuqarolik huquqiy himoya, sud amaliyoti, umumiy uslubda himoya, mualliflik, huquqbuzarlikni to'xtatish, huquq egasi, nashr qilish, litsenziya, maxsus himoya choralari, zararni qoplash.

Abstract

Ushbu maqolada intellektual mulk obyektlariga tegishli bo‘lgan mutlaq huquqlar nima ekanligi, ularning turlari va ularni tartibga soluvchi asosiy huquqiy normalar keng yoritilgan. Mualliflik huquqi, patentlar, tovar belgilari, sanoat namunalari, kompyuter dasturlari hamda adabiy-badiiy asarlar kabi intellektual mahsulotlarning huquqiy maqomi va ulardan foydalanish tartibi batafsil tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada mutlaq huquqlarning buzilishi mumkin bo‘lgan holatlar va ularga qarshi qo‘llaniladigan fuqarolik-huquqiy himoya choralari tizimli tarzda ko‘rib chiqilgan. Sud amaliyotida kompensatsiya undirish, huquqbuzarlikni to‘xtatish, mualliflikni tasdiqlash va yetkazilgan zararni qoplash kabi vositalarning qanday ishlashi ham amaliy misollar bilan tushuntirilgan. Raqamli texnologiyalar rivojlanishi bilan intellektual mulk huquqlarini buzish holatlarining ortib borayotgani, ularning oldini olish bo‘yicha zamonaviy usullar va mexanizmlar ham alohida o‘rganilgan. Umuman olganda, tadqiqot natijalarida mutlaq huquqlarni samarali himoya qilish innovatsion rivojlanish, sog‘lom raqobatni ta’minlash hamda ijodkorlarning manfaatlarini himoya qilishda juda muhim omil ekani asoslab berilgan.

PDF

References

O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi – milliy qonunchilik bazasi lex.uz;

O’zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risida”gi qonuni- milliy qonunchilik bazasi lex.uz;

Fuqarolik huquqi – darslik II qism – TDYU Mualliflar jamoasi, Toshkent 2023.