Abstract
Mazkur maqolada zamonaviy oilada psixologik barqarorlikni shakllantirishga ta’sir etuvchi asosiy ijtimoiy-psixologik omillar ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda oilaviy munosabatlarning emotsional muhiti, er-xotin o‘rtasidagi muloqot sifati, o‘zaro ishonch va qo‘llab-quvvatlash darajasi psixologik barqarorlikning muhim komponentlari sifatida yoritilgan. Shuningdek, stressli vaziyatlar, ijtimoiy-iqtisodiy bosimlar, raqamli texnologiyalar ta’siri hamda shaxslararo nizolarning oilaviy muhitga ko‘rsatadigan psixologik ta’siri o‘rganilgan. Maqolada oilaviy barqarorlikni mustahkamlashda psixologik moslashuv, konstruktiv nizolarni hal etish ko‘nikmalari va psixoprofilaktik yondashuvlarning ahamiyati asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari oila psixologiyasi, amaliy psixologiya hamda oilaviy maslahat amaliyotida qo‘llash uchun ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
References
Akramova F.A., Abdullaeva R.M. Sharq mutafakkirlarining oila xususidagi qarashlari. – T.: Res. «Oila» IAM, 2002. – 28 b.
Akramova F.A., Abdullaeva R.M. Oilaviy hayotga doir tavsiyalar. – T.: Res. «Oila» IAM. 2002. – 40 b.
Karimova V.M. O‘zbek yoshlarida oila to‘g‘risidagi ijtimoiy tasavvurlar shakllanishi: 4 Образование и инновационные исследования (2024 год № 4) Psixol. fan. dok. … dis. – Farg‘ona: FarDU, 1994. – 324 b.
Gottman, J. M., & Silver, N. (2011). The seven principles for making marriage work. New York: Harmony Books.
Karney, B. R., & Bradbury, T. N. (1995). The longitudinal course of marital quality and stability: A review of theory, methods, and research. Psychological Bulletin, 118(1), 3–34. https://doi.org/10.1037/0033-2909.118.1.3
Levin, K. (2002). Family systems and psychological stability. London: Routledge.
Minuchin, S. (1974). Families and family therapy. Cambridge, MA: Harvard University Press.