INTELLEKTUAL MULK HUQUQINING XALQARO MUOMALA OBYEKTI SIFATIDA HUQUQIY TARTIBGA SOLINISHI
PDF

Keywords

intellektual mulk, maxsus muhofaza yorlig‘i, xizmat belgisi, tijorat belgisi, firma nomi, patent, sanoat mulki, ixtirolar, mulk obyekti, litsenziya, ilmiy kashfiyotlar, ilmiy ishlar.

Abstract

Ushbu maqolada intellektual mulk obyektlari muomalada eng harakatchan obyektlardan hisoblanishi, ular g‘oyaviy negizga ega bo‘lgani sababli butun jahon bo‘yicha tezlik bilan tarqalishi mumkinligi e’tirof etiladi. Bunday obyektlar muayyan mamlakat miqyosida milliy rejimga ega bo‘lishi yoxud xalqaro bitimlar, kelishuvlar, Konvensiyalar asosida xalqaro huquqiy rejimga ega bo‘lishlari ham mumkin, ko‘pgina intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquqlar maxsus muhofaza yorlig'i (patent) asosida vujudga keladi. Intellektual mulkning xalqaro muomalada bo‘lishida intellektual mulk bozoriga o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatib turuvchi tashkiliy tuzilmalar mavjud. Intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquqlardan foydalanish to‘g‘risidagi litsenziya shartnomasida litsenziar (mutlaq huquq egasi) hisoblanuvchi taraf ta’sis etilgan, turar-joyga ega bo‘lgan yoki asosiy faoliyat joyi bo‘lgan mamlakatning milliy huquqi qo‘llaniladi.

PDF

References

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi T.2023

Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij Konvensiyasi 1883-yil

Adabiy va badiiy asarlarni huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risidagi Bem Konvensiyasi 1886-yil

Stokgolmda qabul qilingan Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT)ni ta’sis etish haqidagi Konvensiya 1967-yil.

Kashfiyotlarni xalqaro ro‘yxatga olish haqida Jeneva Konvensiyasi 1978-yil