TARIXIY TAJRIBALAR IJODIY TEXNOLOGIYALARNI MAKTAB AMALIYOTIDA TATBIQ ETISHNING CHUQUR ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
PDF (Русский)

Keywords

Tarixiy-pedagogik tajribalar, Ijodiy texnologiyalar, Maktab amaliyoti, Ta’lim jarayoni, Pedagogik innovatsiyalar, O‘quvchilarning tafakkuri, Mustaqil fikrlash.

Abstract

Mazkur maqola tarixiy-pedagogik tajribalarni tahlil qilish asosida ijodiy texnologiyalarni maktab amaliyotida tatbiq etishning ilmiy-nazariy asoslarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda Sharq mutafakkirlari pedagogik qarashlari, zamonaviy innovatsion va ijodiy texnologiyalar, shuningdek, o‘quvchilarning tafakkur va ijodiy faoliyatini rivojlantirish masalalari chuqur tahlil qilindi. Maqolada tarixiy tajribalar va zamonaviy pedagogik yondashuvlarning uyg‘unligi, ijodiy texnologiyalarni qo‘llashning samaradorligi, o‘qituvchining roli va metodik imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, ijodiy tafakkuri va bilimlarni ongli o‘zlashtirishini rivojlantirishda tarixiy-pedagogik tajribalarning ahamiyatini tasdiqlaydi. Shu bilan birga, maqola pedagogik amaliyotda ijodiy texnologiyalarni takomillashtirish va samarali joriy etish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni ham beradi.

PDF (Русский)

References

Saidahmedov N.S. Ta’lim jarayonida ijodiy yondashuvni shakllantirishning pedagogik asoslari // Pedagogik ta’lim, 2019, №3. - B. 15–19.

Karimova G.Q. Tarixiy-pedagogik meros asosida zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish masalalari // Xalq ta’limi, 2020, №4. - B. 22–27.

Yo‘ldoshev J.G. Ijodiy texnologiyalar orqali o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish // Uzluksiz ta’lim, 2021, №2. - B. 30–35.

Zunnunov A. Maktab ta’limida innovatsion va ijodiy texnologiyalardan foydalanish samaradorligi // Ta’lim va innovatsiya, 2022, №1. - B. 18–23.

Xodjiyeva Z.B., Rahimov B. Tarixiy tajribalar asosida pedagogik texnologiyalarni takomillashtirish // Ilm-fan va ta’lim, 2021, №6. - B. 41–46.

Norqulov U. Sharq mutafakkirlari pedagogik qarashlarining zamonaviy ta’limdagi ahamiyati // Ma’rifat, 2020, №5. - B. 12–16.

Vohidova M. Ijodiy faoliyatni tashkil etishning didaktik shart-sharoitlari // Pedagogik mahorat, 2019, №2. - B. 27–31.