Abstract
Mazkur maqolada qarzdor jismoniy shaxslarga nisbatan sud hujjatlarini ijro etmaslik uchun qo‘llaniladigan ma’muriy javobgarlikning huquqiy tabiati, qo‘llash asoslari va tartibi tahlil qilinadi. Sud hujjatlarini majburiy ijro etish xususiy-huquqiy munosabatlar doirasidan chiqib, davlatning ommaviy majburlov faoliyati sifatida baholanadi. Shuningdek, ma’muriy preyuditsiya konsepsiyasi, sanksiyalarning mutanosibligi va huquqni qo‘llash amaliyotidagi muammolar ilmiy-nazariy jihatdan asoslanadi.