Abstract
Mazkur ilmiy maqolada o‘quvchilarda tinglab tushunish ko‘nikmasini shakllantirish va rivojlantirish masalasi zamonaviy o‘zbek tilshunosligi va metodika fanida olib borilayotgan tadqiqotlar asosida yoritiladi. Tadqiqotda tinglab tushunish nutqiy faoliyatning yetakchi turi sifatida talqin qilinib, uning o‘qish, gapirish va yozish ko‘nikmalari bilan uzviy bog‘liqligi ilmiy jihatdan asoslanadi. O‘zbek metodist olimlarining fikrlariga tayangan holda, tinglab tushunish ko‘nikmasining rivojlanishiga ta’sir etuvchi pedagogik omillar (darsni tashkil etish, mashqlar tizimi, o‘qituvchi faoliyati), psixologik omillar (diqqat, xotira, motivatsiya) hamda lingvodidaktik omillar tahlil qilinadi.Shuningdek, maqolada hozirgi ta’lim jarayonida audio va multimediya vositalaridan foydalanish, autentik materiallar asosida mashg‘ulotlar tashkil etishning o‘quvchilarning tinglab tushunish malakasini oshirishdagi o‘rni ochib beriladi.
Tadqiqot natijalari tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishda tizimli yondashuv, o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish hamda real nutq muhitiga yaqin materiallardan foydalanish muhim ekanligini ko‘rsatadi.
References
Abdullayeva, M. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida til o‘qitish metodikasi. — Toshkent: Fan va texnologiya. 2020.B-135
Hamroyev, G‘. Ona talimida kompetsiyaviy yondashuv. — Toshkent: Fan va texnologiya, 2020.B-185
Mahmudov, N. Ona tili ta’limi metodikasi —Toshkent o‘qituvchi, 2019.B-256
Mo‘minov, Sh. Til o‘rganishning nazariy va amaliy asoslari. — Toshkent: O‘zbekiston, 2018.B-215
Qodirov,D. O‘zbek tilini o‘qitishda tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantirish metodikasi. — Toshkent: Sharq. 2018. B-155
To‘rayev,B. O‘quvchilarda nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish masalalari. — Toshkent: Fan va texnologiya.2019.B-131
Usmonova, N. O‘rta ta’limda tinglab tushunish ko‘nikmasini shakllantirish pedagogik usullari. — Toshkent: Fan.2021.B-120