Abstract
Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek nasrining yorqin vakillaridan biri Zulfiya Qurolboy qizi ijodida ayol timsolining badiiy talqini hamda milliy mentalitetning aks etish masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida “Ayol”, “Momo Havo”, “Mashaqqatlar girdobi”, “Yolg‘izlik qurboni”, “Armon asirasi” kabi asarlardagi ayol obrazlari badiiy-estetik, axloqiy va psixologik jihatdan tahlil qilinib, yozuvchining ayol tabiatini idealizatsiyalashdan ko‘ra uni hayotiy ziddiyatlar ichida haqqoniy tasvirlashga intilishi asoslab beriladi. Maqolada Zulfiya Qurolboy qizi ijodida ayol timsoli milliy mentalitet, axloq, bag‘rikenglik va ma’naviy jasorat ifodachisi sifatida talqin etilgani ilmiy xulosalar bilan asoslanadi.
References
Бадиий асар таҳлили [Матн] / Қ. Йўлдош, М. Йўлдош. - Тошкент: «KAMALAK» ашриёти 016.-464 б.
S.Abdisalomov “Zulfiya Qurolboy qizi ijodida ayol timsoli” dissertatsiya Qarshi 2012
Z.Qurolboy qizi “Ayol” hikoyalar toʻplami Toshkent: G’afur G’ulom nomidagi nashriyot 2019
Kamola Ibrohimovna Egamberdiyeva “Zulfiya qurolboy qizi asarlarida o‘zbek ayoli ruhiyati tasviri” International scientific-methodological electronic journal “Foreign Languages in Uzbekistan”, 2022, No 5 (46), 161-173.
Jo‘rayeva M.Zamonaviy o‘zbek nasrida yangi inson konsepsiyasi.Monografiya.T. “Mumtoz so‘z” 2021-yil.
Solijonov Y. Ko’zgudagi hayot. Toshkent, Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti.2013. 55-60 betlar