O‘ZBEKISTONNING GO‘ZALLIGINI AKS ETTIRUVCHI MO‘YQALAM USTASI
PDF

Keywords

Pavel Petrovich Benkov, O‘zbekiston tasviriy san’ati, rus rassomlari, realizm, impressionizm, Samarqand va Buxoro manzaralari, Qozon rassomchilik maktabi, Benkov maktabi, o‘zbek milliy madaniyati, portret san’ati, landshaft janri, O‘rta Osiyo arxitekturasi, rassomlik pedagogikasi.

Abstract

Ushbu maqolada XX asr boshlarida O‘zbekiston tasviriy san’ati rivojiga katta hissa qo‘shgan mashhur rus rassomi Pavel Petrovich Benkovning hayoti va ijodiy faoliyati ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Rassomning san’atga kirib kelish yo‘li, Qozon rassomchilik maktabida olgan ta’limi va shakllangan ijodiy qarashlari yoritiladi. Ayniqsa, Benkovning O‘zbekiston hududiga, xususan Samarqand va Buxoro shaharlariga kelishi uning ijodida yangi bosqichni boshlab bergani asoslab beriladi.Maqolada Benkov asarlarida o‘zbek xalqining kundalik hayoti, milliy urf-odatlari, sharqona me’morchilik va tabiat manzaralarining realizm va impressionizm uyg‘unligida aks ettirilgani tahlil qilinadi. Rassomning portret va landshaft janrlaridagi ishlari orqali O‘rta Osiyo muhitini badiiy ifodalashdagi mahorati ochib beriladi. Shuningdek, uning pedagogik faoliyati, o‘zbek rassomlik maktabining shakllanishiga qo‘shgan hissasi va shogirdlari orqali Benkov an’analarining davom etgani ilmiy dalillar asosida ko‘rsatib beriladi.Maqola xulosasida Pavel Benkov ijodiy merosining O‘zbekiston madaniy hayotidagi o‘rni, bugungi zamonaviy san’at uchun ahamiyati va uning asarlarining milliy madaniy meros sifatida saqlanib kelayotganligi alohida ta’kidlanadi.

PDF

References

Umarov A. P.P.Benkov- O‘zbekistonning mashhur rassomi //San’at. 1961. №4. B.25-28

Шостко Л. Pavel Benkov O‘zbekistonda // Muzey dunyosi. 2008. № 11 (255).

Apukhtin O. K., Chagin G. V. Samarqand rassomi: hujjatli qissa. Toshkent, 1983.

Klyuchevskaya E. P. Qozon badiiy maktabi 1895—1917. SanktPeterburg, 2009.

Kornilov P. E. Qozon badiiy maktabi tarixi // Rassom. 1966. № 2. B. 44- 45.

XX asrning birinchi yarmida rus san’atida Sharq obrazi // Albom / Muallif-tuzuvchilar: M. Filatova, S. Xromchenko. Moskva, 2015.

Nikiforov B. M. Pavel Petrovich Benkov. Moskva, 1967.

You tube «Фонд марджани» ko‘rsatuvi “Солнечный Павел Бенков” filmi.

Olimov S. S., Mamurova D. I. Information Technology in Education //Pioneer: Journal of Advanced Research and Scientific Progress. – 2022. – Т. 1. – №. 1. – С. 17-22.