UYUSHMAGAN YOSHLAR ORASIDA UCHRAYDIGAN JINOYATCHILIKLAR KO`RINISHLARI VA ULARNING KELIB CHIQISH SABABLARI
PDF

Keywords

yoshlar, davlat siyosati, huquq-tartibot organlari, jinoyatchilik, «Uyushmagan yoshlar», huquqbuzarliklar profilaktikasi.

Abstract

Ushbu mavzuda uyushmagan yoshlar orasida uchraydigan jinoyatchilik ko‘rinishlari hamda ularning kelib chiqish sabablari tahlil qilinadi. Tadqiqotda yoshlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning asosiy turlari — o‘g‘rilik, bezorilik, giyohvandlik bilan bog‘liq huquqbuzarliklar, zo‘ravonlik va boshqa noqonuniy harakatlar yoritib beriladi.

Shuningdek, mazkur jinoyatlarning paydo bo‘lishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy omillar, oilaviy muhit, ta’lim va tarbiya muammolari, ishsizlik, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etilmasligi hamda salbiy ijtimoiy muhitning roli tahlil qilinadi. Annotatsiyada uyushmagan yoshlar orasida jinoyatchilikning oldini olish, ularni jamiyatga moslashtirish va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning ahamiyati ham yoritilgan. Mazkur ish yoshlar bilan ishlovchi mutaxassislar, pedagoglar hamda profilaktika sohasidagi tadqiqotchilar uchun ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

PDF

References

Abdurasulova Q.R., Niyozova S.S. Jinoyatchilik va jinoyatchi shaxsi muammolari: O‘quv qo‘llanma. – T., 2006. –B.51

Zaripov Z.S., Muxtorov J.S. Maishiy turmushda sodir etiladigan jinoyatlarning kriminologik tavsifi va profilaktikasi // Kriminologiya. Maxsus qism: Darslik / Mualliflar jamoasi. — T., 2015. —B. 303

G‘aniev Sh.A. Axloqqa qarshi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikni takomillashtirish: Doktorlikdis. ... avtoref. — T., 2016. — B. 30.