OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI MUROJAATNOMASIDA MIGRATSIYA MASALALARI VA NOQONUNIY MIGRATSIYAGA QARSHI KURASHNING USTUVOR YOʻNALISHLARI

Abstract

Hozirgi globallashuv va mintaqalararo integratsiya jarayonlari sharoitida xalqaro migratsiya, xususan, noqonuniy migratsiya masalasi davlatlarning milliy xavfsizligi, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligi va inson huquqlarini ta’minlash bilan bevosita bog‘liq dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oliy Majlisga yoʻllanadigan Murojaatnomalarda mamlakatni rivojlantirishning strategik yoʻnalishlari belgilab berilar ekan, unda mehnat migratsiyasi, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, xavfsiz va tartibli migratsiyani ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Ushbu jihatlar Prezident Murojaatnomasini noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashning siyosiy-huquqiy asoslarini tahlil qilish uchun muhim manba sifatida namoyon etadi.

PDF