PROFILAKTIKANING NAZARIY NEGIZLARI: UMUMIY–MAXSUS–YAKKA PROFILAKTIKA MEXANIZMLARINING O‘ZARO BOGʻLIQLIGI
PDF

Keywords

umumiy profilaktika; maxsus profilaktika; yakka profilaktika; riskni baholash; risk guruhi; keys-menejment; keys-menejer (koordinator); erta intervensiya; diversiya; KPI; monitoring; elektron axborot tizimi.

Abstract

Maqolada huquqbuzarliklar profilaktikasining nazariy asoslari, xususan, umumiy–maxsus–yakka profilaktika mexanizmlarining o‘zaro bog‘liqligi ilmiy-nazariy tahlil qilinadi. Ushbu uch pog‘onali iyerarxiyaning dialektik uyg‘unligi profilaktikaning faqat doktrinal tushuncha sifatida emas, balki amalda ishlaydigan me’yoriy mexanizm sifatida shakllanishi nuqtai nazaridan asoslantiriladi. Tahlil jarayonida milliy qonunchilikda profilaktika munosabatlarini tartibga solishda tushunchalar bir xil emasligi, profilaktika turlari o‘rtasida “o‘tish nuqtalari”ning aniq mezonlari yetishmasligi kabi muammolarga e’tibor qaratiladi. Shu bilan birga, riskni baholash standartiga tayangan qaror qabul qilish modeli, idoralararo keys-menejment (koordinator instituti), KPI asosida monitoring hamda yagona elektron axborot tizimini joriy etish orqali profilaktikaning manzilliligi va hisobdorligini kuchaytirish yo‘nalishlari ochib beriladi.

PDF