RAQAMLI MADANIYAT TUSHUNCHASINING PEDAGOGIK MAZMUNI VA TUZILMASI
PDF

Keywords

Raqamli madaniyat, pedagogik mazmun, raqamli kompetensiya, axborot-kommunikatsion texnologiyalar, tanqidiy fikrlash, mustaqil ta’lim, raqamli ta’lim muhiti, kommunikativ madaniyat, axloqiy-huquqiy madaniyat, raqamli savodxonlik, oliy ta’lim.

Abstract

Mazkur tezisda zamonaviy ta’lim tizimida dolzarb hisoblangan raqamli madaniyat tushunchasining pedagogik mazmuni va tuzilmasi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etilgan. Raqamli jamiyat sharoitida ta’lim oluvchilarda raqamli texnologiyalardan ongli, samarali va mas’uliyatli foydalanish kompetensiyalarini shakllantirish muhim pedagogik vazifa ekani asoslab berilgan. Tadqiqotda raqamli madaniyatning axborot-kommunikatsion, kommunikativ hamda axloqiy-huquqiy komponentlari pedagogik nuqtayi nazardan yoritilgan.

Shuningdek, raqamli madaniyatni shakllantirish jarayonining ta’lim oluvchilarning tanqidiy fikrlashi, mustaqil ta’lim olish faoliyati va ijtimoiy mas’uliyatini rivojlantirishdagi ahamiyati ochib berilgan. Tezis xulosalari oliy ta’lim tizimida raqamli kompetentlikka ega, raqobatbardosh va ijtimoiy mas’uliyatli mutaxassislarni tayyorlashda metodik asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

PDF

References

Gilster P. Digital Literacy. — New York: Wiley, 1997. — 243 b.

UNESCO. Digital Skills for Life and Work. — Paris: UNESCO Publishing, 2018. — 56 b.

Ala-Mutka K. Mapping Digital Competence: Towards a Conceptual Understanding. — Luxembourg: European Commission, 2011. — 60 b.

Redecker C. European Framework for the Digital Competence of Educators (DigCompEdu). — Brussels: European Union, 2017. — 95 b.

Ziyomuhammadov B., Tojiyev M. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. — Toshkent: Innovatsiya, 2020. — 176 b.