Abstract
Ushbu maqola o‘zbek marosim folklorida qo‘llaniladigan nabotot terminlarining (fitonimlarning) sakral (muqaddas) va mifologik xususiyatlarini lingvokulturologik hamda etnolingvistik jihatdan tadqiq etishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda oilaviy va mavsumiy marosimlar (to‘y, beshik to‘yi, motam, Navro‘z) matnlarida ishtirok etgan "olma", "isiriq", "bug‘doy", "tut", "xazon" kabi o‘simlik nomlarining shunchaki botanik obyekt emas, balki nasl davomiyligi, yovuzlikdan himoya va ilohiy baraka kabi ijtimoiy-madaniy e'tiqodlarni ifodalovchi yashirin lisoniy kodlar ekanligi ilmiy asoslab berilgan. Etnografik matnlar tahlili orqali o‘zbek olam lisoniy manzarasida tabiat va inson o‘rtasidagi garmoniyaning tilga qanday ko‘chganligi yoritilgan.
References
Ashirov A. O‘zbek xalqining qadimiy e’tiqod va marosimlari. – T.: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007. – 276 b.
Dadaboyev H. O‘zbek terminologiyasi. – T.: Yoshlar nashriyot uyi, 2019. – 135 b.
Jo‘rayev M. O‘zbek mavsumiy marosim folklori. – T.: Fan, 2008. – 240 b.
Mahmudov N. Tilning mukammal tadqiqi yo‘llarini izlab... – T.: Akademiya, 2012. – 256 b.
Usmonova Sh. Lingvokulturologiya. – T.: Universitet, 2019. – 254 b.
Xudoyberganova D. Matnning antropotsentrik tadqiqi. – T.: Fan, 2013. – 136 b.
Алефиренко Н.Ф. Лингвокультурология: ценностно-смысловое пространство языка. – М.: Флинта, 2010. – 288 с.