JADIDCHILIK HARAKATINING VUJUDGA KELISHIDAGI TARIXIY SHART-SHAROITLAR
PDF

Keywords

jadidchilik, usul-i jadid, Turkiston, mustamlakachilik, ma‘rifatparvarlik, milliy uyġonish, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori, Ismoilbek G‘aspirali, yangi usul maktablari.

Abstract

Mazkur maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasida shakllangan jadidchilik harakatining vujudga kelishidagi tarixiy shart-sharoitlar ilmiy asosda tahlil qilinadi. Rossiya imperiyasining Turkistonni bosib olishi va mustamlakachilik siyosatining kuchayishi, mahalliy aholi ijtimoiy-iqtisodiy ahvolining og‘irlashuvi, eski maktab va madrasalar tizimining zamon talablariga javob bermay qolishi jadidchilikning yuzaga kelishiga asosiy omil bo‘ldi. Ismoilbek G‘aspirali tomonidan ilgari surilgan “usul-i jadid” g‘oyasi Turkiston ziyolilari – Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Cho‘lpon va boshqa ma‘rifatparvarlar faoliyatida amaliy tus oldi. Jadidlar yangi usul maktablari, matbuot, teatr, adabiyot va siyosiy fikr orqali xalqni uyġotish, milliy ongni shakllantirish hamda jamiyatni isloh qilishga intildilar. Maqolada 1865-yilda Toshkentning bosib olinishi, 1867-yilda Turkiston general-gubernatorligining tashkil etilishi, 1905-yil inqilobi, 1916-yil qo‘zġoloni va 1917-yil siyosiy voqealari jadidchilik taraqqiyotiga ta‘sir qilgan muhim tarixiy bosqichlar sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijasida jadidchilik nafaqat ma‘rifiy, balki milliy uyġonish va istiqlol g‘oyalarining muhim manbai ekanligi asoslab beriladi.

PDF

References

Rajabov Q. Jadidchilik. – Toshkent: Sharq, 1998. – 45–52-betlar (jadidchilikning shakllanishi), 78–86-betlar (jadidlarning siyosiy faoliyati).

Agzamxo‘jayev S. Turkiston jadidlari. – Toshkent: Fan, 2006. – 33–41-betlar (Turkistondagi siyosiy vaziyat), 95–112-betlar (Turkiston Muxtoriyati).

Qosimov B. Milliy uyġonish. – Toshkent: Ma’naviyat, 2002. – 18–29-betlar (milliy uyġonish tushunchasi), 64–79-betlar (jadid adabiyoti).

Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq. – Toshkent: O‘qituvchi, 1992. – 12–18-betlar (tarbiya va ma’rifat masalalari).