FRANSUZ TILINI O‘QITISHDA MADANIYATLARARO MULOQOT KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH
PDF

Keywords

fransuz tili, madaniyatlararo muloqot, madaniyatlararo kompetensiya, kommunikativ kompetensiya, CEFR, autentik materiallar, kommunikativ yondashuv, chet tilini o‘qitish, madaniyat, til ta’limi.

Abstract

Maqolada fransuz tilini o‘qitish jarayonida madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilinadi. Chet tilini o‘rganish bugungi kunda grammatik qoidalar va lug‘at boyligini egallash bilangina cheklanmay, balki til egalarining madaniy qadriyatlari, muloqot me’yorlari, ijtimoiy xulq-atvori va dunyoqarashini anglashni ham o‘z ichiga olishi ta’kidlanadi. Maqolada madaniyatlararo kompetensiya tushunchasining mazmuni, uning fransuz tili ta’limidagi o‘rni, kommunikativ yondashuv bilan bog‘liqligi hamda dars jarayonida mazkur kompetensiyani shakllantirishga xizmat qiladigan metod va vositalar ilmiy adabiyotlar asosida yoritiladi. Shuningdek, autentik materiallardan foydalanish, madaniy taqqoslash, loyiha ishlari, rol o‘yinlari va muammoli vaziyatlar asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlarning o‘quvchilarda madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyati ochib beriladi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, fransuz tilini samarali o‘qitish til va madaniyatning uzviy birligini ta’minlagan holda tashkil etilgandagina o‘quvchilarda haqiqiy kommunikativ kompetensiyani shakllantirish mumkin bo‘ladi.

PDF

References

Jalolov J.J. Chet tili o‘qitish metodikasi: Chet tillar oliy o‘quv yurtlari fakultetlari talabalari uchun darslik. — Toshkent: O‘qituvchi, 2012. — 432 b.

Ko‘chiboyev A.K. Fransuz tili o‘qitish metodikasi. Ma’ruzalar matni. — Samarqand: Samarqand davlat chet tillar instituti, 2005.

Zubaydova N.N. Chet tillarni o‘qitishning integrallashgan kursi. — Samarqand: SamDCHTI, 2021.

Jalolov J.J., Makhkamova G.T., Ashurov Sh.S. English Language Teaching Methodology: Theory and Practice. — Toshkent: Fan va texnologiya, 2015. — 336 b.

Haydarov A.A., Xamrayeva G.I. Tillar o‘qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari. O‘quv qo‘llanma. — Buxoro: Sadriddin Salim Buxoriy “Durdona”, 2022. — 200 b.

Shabanov D. Chet tilini o‘qitish metodikasi va zamonaviy texnologiyalari. — Toshkent, 2009.

Hoshimov O‘.H., Yoqubov I.Ya. Ingliz tili o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma. — Toshkent: Sharq, 2003. — 302 b.

Zaripova R.A. Chet tillar o‘qitish metodikasidan qo‘llanma. — Toshkent: O‘qituvchi, 1986. — 184 b.

Xoldorova M., Fayziyeva N., Rixsittilayeva F. Chet tilini o‘qitishda yordamchi vositalardan foydalanish. — Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2005.

Saydaliyev S.S. Chet til o‘qitish metodikasidan ocherklar: o‘qituvchi va talabalar uchun qo‘llanma. — Namangan: NamDU, 2004. — 238 b.

Littlewood W. Communicative Language Teaching: An Introduction. — Cambridge: Cambridge University Press, 1981.

Richards J.C., Rodgers T.S. Approaches and Methods in Language Teaching. 3rd edition. — Cambridge: Cambridge University Press, 2014.

Thornbury S. How to Teach Speaking. — Harlow: Pearson Longman, 2005.

Council of Europe. Common European Framework of Reference for Languages: Learning, Teaching, Assessment. Companion Volume. — Strasbourg: Council of Europe Publishing, 2020.

Byram M. Teaching and Assessing Intercultural Communicative Competence. — Clevedon: Multilingual Matters, 1997.