Abstract
Bugungi globallashuv davrida har bir xalqning o‘z milliy qadriyatlarini asrab-avaylash va uni yosh avlodga yetkazish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Chunki milliy qadriyatlar xalqning tarixiy xotirasi, ma’naviy merosi va madaniy o‘zligini belgilovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Ularni saqlash va rivojlantirish xalqning kelajak taraqqiyoti uchun muhim zamin yaratadi. Bu jarayonda san’at, ayniqsa raqs san’ati alohida o‘rin egallaydi. Chunki raqs inson qalbining eng nozik kechinmalarini ifodalash bilan birga, xalqning urf-odatlari, an’analari va ma’naviy qadriyatlarini o‘zida mujassamlashtiradi.