Abstract
Maqolada zamonaviy o‘zbek she’riyatining yorqin vakillaridan biri Guljamol Asqarova ijobiy poetikasida “daraxt” konsepsiyasining badiiy-falsafiy va lingo-poetik talqinlari tadqiq etiladi. Shoira lirikasida daraxt obrazi shunchaki tabiat elementi emas, balki inson ruhiyati, ayol qismati, sabr, matonat va o‘zlikka sodiqlik, yolg‘izlik hamda ilohiy tutashuv simvolikasi sifatida namoyon bo‘ladi. Maqolada shoiraning turli to‘plamlariga kirgan she’rlari va badiiy san’atkorligi misolida daraxt metafurasining semantik va mental xususiyatlari tahlil qilinadi.