Abstract
Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek bolalar adabiyotining yirik vakili Anvar Obidjon ijodida bola konseptining badiiy-estetik talqini masalasi tadqiq etiladi. Adibning she’riy va nasriy asarlarida bola obrazining ifodalanish xususiyatlari, bolaning ruhiyati, dunyoqarashi, tasavvuri, orzu-umidlari hamda kattalar dunyosiga munosabati tahlil qilinadi.
Anvar Obidjon ijodida bola shunchaki voqealar ishtirokchisi emas, balki mustaqil fikrlaydigan, his qiladigan, o‘ziga xos dunyoqarashga ega shaxs sifatida namoyon bo‘lishi asoslanadi. Shuningdek, ijodkorning yumor, satira, lirika, fantastika, xalqona iboralar va jonli so‘zlashuv unsurlaridan foydalanish mahorati yoritiladi. Tadqiqotda Anvar Obidjon asarlarining yosh avlodning estetik didi, mustaqil fikrlashi, ma’naviy-axloqiy qarashlari va ijodiy tafakkurini rivojlantirishdagi ahamiyatiga ham e’tibor qaratiladi.
References
Anvar Obidjon. Oltin yurakli avtobus. – Toshkent: Sharq, 2004.
Anvar Obidjon. Bahromning hikoyalari. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2010.
Anvar Obidjon. O‘g‘irlangan pahlavon. – Toshkent: O‘zbekiston, 2006.
Barakayev R. O‘zbek bolalar adabiyoti va zamonaviylik. – Toshkent: Fan, 2006.
Jamilova B. O‘zbek bolalar adabiyoti. – Toshkent: O‘zbekiston, 2019.
Adashboyev T. Osmon nega zangori? // Adabiy maqolalar va suhbatlar.
Turdiyeva K. Bolalar adabiyoti va uning poetik xususiyatlari. – Toshkent.
Rajabov D. O‘zbek bolalar adabiyotining janr va uslub xususiyatlari. – Toshkent.
To‘rayeva D. Bolalar adabiyotini o‘qitish metodikasi. – Toshkent.