Abstract
Mazkur maqolada 1925–1929 yillarda Buxoro hududida ta’lim tizimining rivojlanishi, savodsizlikka qarshi kurash, maktablar faoliyati va maorif sohasidagi o‘zgarishlarning mahalliy matbuotda yoritilishi masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda “Ozod Buxoro” gazetasi hamda mazkur nashr tarixini o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar asosiy manba va adabiyotlar sifatida foydalanildi. Maqolada mahalliy matbuotning Buxoro tarixini, xususan, ta’lim va madaniy hayot tarixini o‘rganishdagi ahamiyati ko‘rsatib beriladi.
Shuningdek, matbuot materiallaridan foydalanishda ularning davr siyosiy-mafkuraviy muhiti ta’sirida shakllanganligini hisobga olish zarurligi ta’kidlanadi.
References
Sh.Mirziyoyev. “Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaror.T.2019
Rahmonov K. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tarixi matbuot sahifalarida (1920–1924 yillar). – Toshkent: Abu Matbuot-Konsalt, 2012. – B. 93–94.
“Buxoro axbori” gazetasi. 1920–1923-yillar.
“Ozod Buxoro” gazetasi. 1923–1929-yillar.
Raximov S.A. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tarixini o‘rganishda matbuotning roli (1920–1924 y.) // ORIENS. – 2022. – B. 397–402.
Do‘stqorayev B. O‘zbekistonda jurnalistika tarixi. – Toshkent. “Buxoro axbori” va “Ozod Buxoro” gazetalaridagi ma’lumotlar asosida BXSRdagi siyosiy jarayonlar va davlat boshqaruvi. Buxoro davlat universiteti materiallari.
“Ozod Buxoro” gazetasida kommunistik mafkura ta’siri haqidagi tadqiqot materiallari.