JORJ XOMANSNING IJTIMOIY AYIRBOSHLASH NAZARIYASI

Аннотация

Mazkur tezisda Jorj Xomans tomonidan ishlab chiqilgan ijtimoiy almashinuv nazariyasining asosiy tamoyillari va uning zamonaviy ijtimoiy fanlarga qo‘shgan hissasi tahlil qilinadi. Ijtimoiy almashinuv nazariyasi insonlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni iqtisodiy almashinuv modellari orqali tushuntiradi. Ushbu nazariyaga ko‘ra, odamlar o‘zaro munosabatlarda foyda va zarar nisbatini hisobga olib, o‘z harakatlarini belgilaydilar. Xomansning tadqiqotlari, xususan, mukofot va jazo, qiymat, narx va muvozanat kabi tushunchalar asosida, insonlarning ijtimoiy xulq-atvorini tahlil qiladi. Ushbu tezis Xomansning nazariyasi doirasidagi muhim tushunchalar, empirik tadqiqotlar va ularning amaliyotdagi qo‘llanilishini yoritadi.

pdf (English)