IQBOL MIRZO SHE’RLARIDA BADIIY AKTUALLASHGAN VOSITALARNING LINGVOPOETIK IMKONIYATLARI

Аннотация

Mazkur maqolada Iqbol Mirzoning she’rlarida badiiy aktuallashgan vositalarning lingvopoetik imkoniyatlari o‘rganiladi. Ijodiy kontekst va tarixiy asos, vositalarning roli, lingvopoetik usullar va tematik-g‘oyaviy asoslar tahlil qilinadi. Iqbol Mirzoning she’riyatida metafora, simvolizm va allegoriya kabi vositalar keng qo‘llanilib, ular orqali milliy qadriyatlar va umuminsoniy mavzular ifodalanadi. Fonetik, leksik va sintaktik usullar yordamida she’rlarning emotsional ta’siri kuchaytiriladi. She’rlarning tuzilishi, ma’nosi va boshqa adabiyotlar bilan bog‘liqligi struktural, semantik va intertektual tahlil usullari yordamida tadqiq etiladi. Ushbu maqola Iqbol Mirzo she’riyatining lingvopoetik boyligini ochib berishga qaratilgan bo‘lib, milliy adabiyotimizni yanada chuqurroq tushunishga yordam beradi.

pdf (English)