Аннотация
Ushbu maqolada qoraqalpoq va o‘zbek xalq maqollarida uchraydigan zoonimlarning tilshunoslik va madaniyatshunoslik nuqtayi nazaridan tahlili berilgan. Maqollar orqali xalq tafakkuridagi tarixiy, ijtimoiy, ma’naviy, mehnat faoliyati bilan bog‘liq tasavvurlar, qadriyatlar va obrazlar ochib beriladi. Xususan, ho‘kiz, tuya, sigir, qo‘chqor, ot kabi hayvonlar timsollarining mazmunli ifodasi va ularning xalq og‘zaki ijodidagi o‘rni yoritilgan. Tahlil davomida paremiologik birliklarning leksik-semantik xususiyatlari, frazeologik tasvir vositasi sifatidagi funksional qiymati ham ko‘rsatib berilgan. Maqolada zoonimlarning timsol xarakteridagi konseptual belgilari, til sohibining milliy-madaniy qarashlari bilan bog‘liq semantikasiga doir fikr-mulohazalar bayon qilingan. Frazeologiya, etnolingvistika, folklorshunoslik va madaniyatshunoslik bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlarning ilmiy-ma’rifiy, ma’naviy qiymati ko‘rsatib berilgan.
Библиографические ссылки
Дмитриева О. А. Культурно-языковые характеристики пословиц и афоризмов (на материале французского и русского языков). Дисс. …канд. филол. наук. – Волгоград, 1997. –186 с.
Зарипов Б. Зоонимларнинг бадиий санъат ҳосил қилишдаги иштироки (Алишер Навоий асарлари асосида). Филол. фан. номз. ...дисс. автореф. –Тошкент, 2002. –128 б.
Куражова И.В. Имена животных как отражении ценностной картины мира в английской лингвокультуре. Дисс. …канд. филол. наук. –Иваново, 2007. –167 с.
Мэтякубов Дж. Характеристика человека зоонимами в разносистемных языках: на материале английского и узбекского языков. Дисс. … канд. филол. наук. –Ташкент,1996. –173 с.
Тошева Д. Зооним компонентли мақолларнинг лингвокультурологик хусусиятлари. Филол. фан. б. фалс. док. (PhD) ...дисс. автореф. –Тошкент, 2017. –128 б.