Аннотация
Ushbu maqolada bolalar orasida keng tarqalgan, benign (yengil) kechuvchi epilepsiya turi – Rolandik epilepsiyaning (BECTS) klinik belgilari, elektroensefalografik xususiyatlari va davolash yondashuvlari yoritilgan. Maqolada mazkur sindromning asosan 3–13 yoshli sog‘lom rivojlanayotgan bolalarda uchrashi, odatda tungi tutqanoqlar bilan namoyon bo‘lishi, shuningdek EEGda centrotemporal zonalarda “spike-and-wave” to‘lqinlar aniqlanishi kabi mezonlar muhokama qilingan. Rolandik epilepsiya ko‘pincha o‘z-o‘zidan remissiyaga uchrashi bilan ijobiy prognozga ega bo‘lsa-da, ayrim bemorlarda e’tibor yetishmovchiligi, nutq muammolari va psixologik noqulayliklar kuzatilishi mumkin. Shuningdek, maqolada zamonaviy davolash yondashuvlari, individual terapiya rejalari va psixopedagogik qo‘llab-quvvatlash zarurati haqida so‘z boradi. Ushbu tadqiqot rolandik epilepsiyaning erta aniqlanishi va kompleks yondashuv asosida samarali boshqarilishini ta’minlashga qaratilgan.
Библиографические ссылки
Panayiotopoulos CP. Benign childhood focal seizures and related epileptic syndromes. In: A Clinical Guide to Epileptic Syndromes and their Treatment. Springer, 2010.
Wirrell EC. Benign epilepsy of childhood with centrotemporal spikes. Epilepsia. 1998.
Bouma PA, Bovenkerk AC, Westendorp RG, Brouwer OF. The course of benign epilepsy of childhood with centrotemporal spikes: a meta-analysis. Neurology. 1997.
Wyllie E, Cascino GD, Gidal BE, Goodkin HP. Wyllie's Treatment of Epilepsy: Principles and Practice. 6th ed. Wolters Kluwer, 2015.
Berg AT, Shinnar S. The risk of seizure recurrence following a first unprovoked seizure: a quantitative review. Neurology. 1991.
Camfield P, Camfield C. Benign rolandic epilepsy: Not so benign. Epilepsy Currents. 2007.
Holmes GL. Clinical neurophysiology of childhood epilepsies. Elsevier, 2010.