AUDITORLIK FAOLIYATINING YANGI BOSQICHI VA UNI TAKOMILLASHTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI
PDF (English)

Ключевые слова

auditorlik faoliyati, mustaqil audit, xalqaro audit standartlari, moliyaviy hisobot, audit sifati, raqamlashtirish, sun’iy intellekt, AI-audit, kasbiy etik, blokcheyn, auditorlar malakasi, normativ-huquqiy baza, audit nazorati, auditorlik tashkilotlari, transformatsiya.

Аннотация

O‘zbekiston iqtisodiy tizimida shaffoflik, moliyaviy mas’uliyat va ishonchlilik tamoyillarini mustahkamlashda auditorlik faoliyati, ayniqsa moliyaviy institutlar va sug‘urta kompaniyalari kontekstida, muhim o‘rin tutadi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda sug‘urta bozori hajmi va ishtirokchilari sezilarli darajada kengayib, bu sohaga oid moliyaviy oqimlar va tavakkalchilik darajasining ortib borishi auditorlik xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojni yanada oshirmoqda. Ushbu ehtiyoj auditorlik faoliyatining institutsional va normativ-huquqiy asoslarini takomillashtirish, shuningdek, ularni zamonaviy raqamli vositalar bilan boyitish zarurligini yuzaga chiqarmoqda. Mazkur maqolada auditorlik faoliyatining yangi bosqichi – ya’ni xalqaro standartlar, ilg‘or texnologiyalar va kasbiy malakaga asoslangan professional yondashuv aynan sug‘urta kompaniyalari misolida tahlil qilinadi. Sug‘urta tashkilotlari – bu o‘z mohiyatiga ko‘ra murakkab moliyaviy institutlar bo‘lib, ularning faoliyatida auditorlikning dolzarbligi yanada yuqoridir. Audit sifati, kasbiy etikaga rioya etilishi, xalqaro tajribaga moslashuvdagi cheklovlar, shuningdek, raqamlashtirish darajasining sustligi – bular sug‘urta sektorida auditorlik nazoratining muammoli jihatlaridir. Maqolada ushbu muammolarni hal qilish uchun xorijiy ilg‘or amaliyotlar asosida sun’iy intellekt, avtomatlashtirilgan tahlil tizimlari (data analytics), blokcheyn texnologiyalari kabi vositalarni audit jarayoniga joriy etish orqali sug‘urta faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

PDF (English)

Библиографические ссылки

Xusanov B. Auditorlik faoliyatining institutsional asoslari va ularni takomillashtirish yo‘nalishlari // Iqtisodiyot va ta'lim. – 2022. – №1. – B. 44–52.

Mamatqulov I. Audit xizmatlari bozorini rivojlantirishning moliyaviy mexanizmlari // Moliyaviy tahlil. – Toshkent, 2021. – №2. – B. 60–66.

Абрамов А.В. Аудиторская деятельность в условиях цифровизации экономики // Аудит и финансовый анализ. – Москва: Финансы и кредит, 2020. – №6. – С. 12–18.

Орлова Н.Ю. Этика и независимость аудитора в новых реалиях // Международный бухгалтерский учет. – 2023. – №4. – С. 22–29.

Power M. The Audit Society Revisited: Risk, Control, and Transparency // Accounting, Organizations and Society. – 2019. – Vol. 74. – P. 101–114.

Hay D. The Future of Audit: Technology, Assurance, and Trust. – London: Routledge, 2021. – 248 p.

Francis J.R. Audit Quality and Audit Outcomes: A Review of Empirical Evidence // Journal of Accounting Literature. – 2018. – Vol. 40. – P. 45–71.

Kim S.-W. Digital Audit and Blockchain: New Paradigms in Korean Corporate Governance // Asian Journal of Accounting Research. – 2020. – Vol. 5, No. 2. – P. 123–137.

Choi J.-H. Audit Analytics and Financial Reporting Quality // Korean Accounting Review. – 2017. – Vol. 42, No. 3. – P. 55–74.

Andries P. AI and Auditor Judgment: Opportunities and Ethical Challenges // European Accounting Review. – 2023. – Vol. 32, No. 1. – P. 33–50.

Shushunova M. Kompleksnaya avtomatizatsiya audita na baze IT-resheniy // Rossiyskiy audit. – 2021. – №9. – S. 48–56.

Abdullayeva N. O‘zbekiston auditorlik tizimini xalqaro standartlarga integratsiyalash jarayonlari // Ilmiy-amaliy moliya jurnali. – 2024. – №2. – B. 30–38.

Deloitte Insights. AI and the Future of Audit: Insights for Transformative Change. – New York: Deloitte Center for Controllership, 2023. – 36 p.

https://insurance.uz