Аннотация
Ommaviy tadbirlarni tashkil etish jarayonida jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etuvchi subyektlarining o’zaro hamkorligiga qaratilgan milliy qonunchilik va normativ-huquqiy asoslari me’yorlari tahlil qilinadi. Shuningdek, jamoat tartibini saqlashdagi davlat organlarining vakolatlari va jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘llaniladigan choralar ko‘rib chiqiladi.
Библиографические ссылки
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-son “Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-son “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-iyundagi 360-son “Ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlash bo‘yicha talablarni kuchaytirish to‘g‘risida” qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 530-son “Ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda jamoat tartibini saqlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-dekabrdagi PQ-4075-son “Jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6196-son farmoni.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-maydagi PQ-2940-son “Ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyundagi PQ-3786-son “Toshkent shahrida jamoat tartibini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori.