Аннотация
Ushbu maqolada Mengnor Ollomurod ijodining badiiy xususiyatlari, xususan, baxshiyona ohang va xalqona poetik tafakkurning she’riy ifodasi tahlil qilinadi.
Tadqiqotda shoirning “Farzand ato qil” she’ri misolida befarzandlik fojeasi, inson ruhiyatidagi iztirob, oilaviy dard va iltijo motivlarining poetik talqini yoritiladi. Maqolada she’rning mavzu va mazmun uyg‘unligi, lirik qahramon ruhiyatining dramatik ochilishi, baxshi nutqi orqali ifodalangan xalqchil ohang hamda simvolik obrazlarning badiiy vazifasi ilmiy jihatdan tahlil etiladi. Shuningdek, do‘mbira obrazi, tabiat tasvirlari va takroriy hayqiriqlarning ruhiy-emotsional ta’siri ochib beriladi. Tadqiqot natijasida Mengnor Ollomurod she’riyatida folklor estetikasi zamonaviy insonning ma’naviy va ruhiy iztiroblarini yorituvchi muhim poetik vosita sifatida namoyon bo‘lishi asoslab beriladi.