Аннотация
Mazkur maqolada zamonaviy shahar hududlarida ekobinolar va yashil makonlarni barpo etishning xorijiy tajribasi, ularning ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy va shaharsozlik samaradorligi tahlil qilinadi. Urbanizatsiya jarayonlarining jadallashuvi, iqlim o‘zgarishi, shahar issiqlik oroli effekti, atmosfera havosining ifloslanishi, yomg‘ir suvlarini boshqarish hamda tabiiy ekotizimlarning qisqarishi shaharsozlikda ekologik barqaror yechimlarni joriy etishni talab qilmoqda.
Tadqiqotda Singapur, Daniya, Italiya va Avstraliya kabi mamlakatlarning yashil infratuzilma, vertikal ko‘kalamzorlashtirish, yashil tomlar, yashil fasadlar, tabiiy suv boshqaruvi va tabiatga asoslangan yechimlardan foydalanish tajribasi qiyosiy tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ilg‘or xorijiy amaliyotda ekobino alohida energiya tejamkor obyekt sifatida emas, balki yashil hududlar, piyodalar infratuzilmasi, suv resurslari, jamoat makonlari va ekologik koridorlar bilan o‘zaro bog‘langan yagona shahar ekotizimining elementi sifatida shakllantirilmoqda.
Библиографические ссылки
United Nations. World Urbanization Prospects: The 2018 Revision. New York: United Nations, 2019.
United Nations Human Settlements Programme (UN-Habitat). World Cities Report 2022: Envisaging the Future of Cities. Nairobi: UN-Habitat, 2022.
World Green Building Council. The Business Case for Green Building. WorldGBC, 2013.
International Energy Agency (IEA). Buildings: Tracking Clean Energy Progress. Paris: IEA, 2023.
United Nations Environment Programme (UNEP). 2022 Global Status Report for Buildings and Construction. Nairobi: UNEP, 2022.
Beatley, T. Green Urbanism: Learning from European Cities. Washington, D.C.: Island Press, 2000.