KARIES VA PARADONT KASALLIKLARI PROFILAKTIKASI
PDF (Русский)

Keywords

parodont kasalliklari, profilaktika, og‘iz gigiyenasi, ftoridlar, remineralizatsiya, karies, sanasiya, stomatologiya, suvni ftorlash, tish emali, dispanser nazorati, ftorli tuz, bolalar sog‘lig‘i.

Abstract

Ushbu maqolada parodont kasalliklarining profilaktikasiga oid zamonaviy yondashuvlar tahlil qilinadi. Parodont kasalliklari og‘iz bo‘shlig‘ining eng ko‘p tarqalgan surunkali patologiyalaridan biri bo‘lib, ular nafaqat tishlarning yo‘qotilishiga, balki butun organizmning sog‘lig‘i yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Profilaktika ikki asosiy yo‘nalishda olib boriladi: birinchisi — parodont kasalliklarining rivojlanishini oldini olish; ikkinchisi — og‘ir shakllari va asoratlarini erta aniqlab, ularning rivojlanishining oldini olish.

Ushbu yondashuv stomatolog-terapevt, parodontolog va sanitar-gigiyenik mutaxassislar o‘rtasidagi uzviy hamkorlikni talab qiladi. Shuningdek, og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi, remineralizatsiyalovchi profilaktika, suv va tuzni ftorlash, shaxsiy va jamoaviy sanasiyalarning ahamiyati yoritiladi.

Ftorning biologik ta’siri, organizmdagi metabolizmi, siydik va so‘lak orqali ajralish xususiyatlari asosida kariesning oldini olishdagi roli ilmiy asoslangan. Maktabgacha yoshdagi bolalar o‘rtasida olib borilgan tadqiqotlar natijasida ftorli vositalar qo‘llanishi siydik va so‘lakdagi ftor miqdorining oshishiga olib kelgani hamda karies ko‘rsatkichlarining kamaygani aniqlangan. Ushbu maqola stomatologik kasalliklarning samarali profilaktikasini tashkil etish va sog‘lom avlodni shakllantirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

PDF (Русский)