TIBBIY TASVIRLAR UCHUN FILTRLASH ALGORITMLARINI ANIQLASH
PDF

Keywords

MRI tasvir, Gauss, Median, Bilateral va Non-local Means, shovqinlar.

Abstract

MRI (Magnit-Rezonans Tomografiya) tasvirlari inson organizmidagi turli tuzilmalarni noinvaziv ravishda aniqlashda keng qo‘llaniladi. Ushbu tasvirlar yuqori aniqlikdagi tibbiy vizual ma’lumotlar manbai bo‘lsa-da, tasvirlash jarayonida turli shovqinlar paydo bo‘ladi. Bu shovqinlar diagnostik aniqlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli, MRI tasvirlarini dastlabki qayta ishlash bosqichida shovqinni kamaytiruvchi filtrlar muhim o‘rin tutadi. Ushbu maqolada Gauss, Median, Bilateral va Non-local Means kabi mashhur filtrlarning matematik modellari, Python kutubxonalaridagi amaliy funksiyalari va tibbiy tasvirlarda qo‘llanilish samarasi ko‘rib chiqiladi. Har bir filtrning shovqinni kamaytirishdagi roli va chekka tuzilmalarning aniqligini saqlab qolishdagi afzalliklari tahlil qilinadi. Maqolada real tibbiy tasvirlar asosida chuqur texnik yondashuvlar, grafik va jadvallar orqali har bir filtrning ishlash printsipi yoritilgan. MRI singari yuqori aniqlik talab qiluvchi sohalarda qaysi filtrni tanlash, qaysi holatda qanday natija berishi tahlil qilinadi. Olingan natijalar asosida real tibbiy tasvirlarda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.

PDF

References

Dzyubak B. Noise reduction in MR imaging. Magnetic Resonance Imaging Clinics of North America, 2015.

Mallayev O.U., O‘roqov A.D. Mashinali o‘qitish algoritmlari yordamida bosh miya o‘smalarini aniqlash modeli. «Modern science and research” international scientific journal. volume 4 / issue 7. 449-456. 2025.

Mallayev O.U. Parallellik paradigmasi asosida tibbiy tasvirlarga raqamli ishlov berishning parallel algoritmi// Innovation in technology and science education conference. Volume 2 Issue 11. ISSN 2181-371X

Gonzalez R.C., Woods R.E. Digital Image Processing. 4th ed. Pearson, 2018.

Vincent L., Malik J. Scale-space and edge detection using anisotropic diffusion. IEEE PAMI, 1990.

Buades A., Coll B., Morel J.M. A non-local algorithm for image denoising. CVPR 2005.

Tomasi C., Manduchi R. Bilateral filtering for gray and color images. ICCV 1998.

Pitas I. Digital Image Processing Algorithms and Applications. Wiley, 2000.