Abstract
Maqolada jamoat xavfsizligini ta’minlashda davlat-xususiy sheriklik (DXSh) mexanizmlaridan foydalanish bo‘yicha xorijiy amaliyotlar qiyosiy-huquqiy yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot DXShning xavfsizlik sohasidagi normativ modeli, institutsional arxitekturasi hamda davlatning eksklyuziv vakolatlari bilan xususiy sektor ishtiroki mumkin bo‘lgan funksiyalar o‘rtasidagi muvozanatni aniqlashga qaratilgan. Xorijiy tajribalar misolida “Safe City” va videokuzatuv infratuzilmasi, transport va ob’ekt xavfsizligi, favqulodda vaziyatlarga tezkor javob tizimlari, xususiy qo‘riqlash, kiberxavfsizlik va ma’lumotlar boshqaruvi kabi yo‘nalishlarda DXShning samaradorlik shartlari yoritiladi. Shuningdek, risklarni taqsimlash, shartnomaviy dizayn, KPI/SLA orqali natijadorlikni baholash, davlat nazorati, shaffoflik hamda korrupsiyaga qarshi komplaens kabi huquqiy-institutsional elementlar tahlil qilinadi. Yakunda milliy tizimga moslashtirish uchun qiyosiy tajribadan kelib chiqadigan konseptual xulosalar va normativ takomillashtirish yo‘nalishlari shakllantiriladi.