Abstract
Mazkur tezisda Boburiylar saltanati hukmdorlari Humoyun, Akbar va Jahongir davrida Hindistonda shakllangan adabiy-madaniy muhit, saroy ijodkorlarining faoliyati hamda turkiy va forsiy adabiyotning taraqqiyoti masalalari tahlil qilinadi. Bobur tomonidan yaratilgan adabiy an’analar Humoyun davrida davom ettirilgani, Akbar hukmronligi yillarida saroyning yirik ilmiy-adabiy markazga aylangani, Jahongir davrida esa memuar, tarixiy nasr va tasviriy san’at bilan bog‘liq ijodiy an’analar yanada rivojlangani ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, Gulbadanbegim, Abulfazl Allomiy, Fayziy, Abdulqodir Badauniy va Jahongir kabi ijodkor va adabiy muhit vakillarining faoliyati haqida fikr yuritiladi.
References
Bobur, Zahiriddin Muhammad. Boburnoma. – Toshkent: O‘zbekiston, 2019.
Gulbadanbegim. Humoyunnoma. – Toshkent: O‘zbekiston, 2018.
Abulfazl Allomiy. Akbarnoma. – New Delhi: Munshiram Manoharlal Publishers.
Abulfazl Allomiy. Ain-i-Akbari. – New Delhi: Low Price Publications.
Jahongir. Tuzuki Jahongiriy. – New Delhi: Munshiram Manoharlal Publishers.
Badauniy, Abdulqodir. Muntaxab ut-tavorix. – New Delhi.
Beveridge, Annette Susannah. The Baburnama in English. – London.
Erskine, William. A History of India under the Two First Sovereigns of the House of Taimur, Baber and Humayun. – London.