Аннотация
Tish kariesi – bu bolalar va kattalar orasida keng tarqalgan, og‘iz bo‘shlig‘i gigienasiga bevosita bog‘liq bo‘lgan polietiologik kasallikdir. Ushbu maqolada kariesning tarqalishi, uning kelib chiqish sabablari, ftor ionlarining karies profilaktikasidagi o‘rni hamda zamonaviy yondashuv – tishlarni yuvish kapsulasi (model “Aerodent”) haqida fikr yuritiladi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, bolalar orasida kariesning erta yoshda uchrashi yuqoriligicha qolmoqda. Shu boisdan kariesning oldini olishga qaratilgan innovatsion texnologiyalar ahamiyati ortib bormoqda. Tishlarni yuvish kapsulasi og‘iz bo‘shlig‘i tozalanishini ta’minlaydi, og‘iz pH balansini saqlaydi va patogen mikroorganizmlarning kamayishiga yordam beradi. Ushbu qurilma ekstraktli ampula va tish shakliga mos kapsuladan iborat bo‘lib, bosim ostida suyuqlik chiqarib, barcha tishlarni samarali yuvadi. Kapsula universal va bir necha marta foydalanishga mo‘ljallangan. Tadqiqot natijalari, bu texnologiyaning samaradorligi va qo‘llash qulayligi bilan ajralib turishini ko‘rsatdi. Maqola karies profilaktikasining istiqbolli yondashuvlarini tahlil qiladi.