16 YOSHLI FUTBOLCHILARNING JISMONIY HOLATINI ANIQLASH METODIKASI.
PDF

Keywords

16 yoshli futbolchilar, jismoniy holat, jismoniy tayyorgarlik, tezkorlik, chaqqonlik, kuch, chidamlilik, koordinatsiya, test, nazorat, futbol.

Abstract

Ushbu maqolada 16 yoshli futbolchilarning jismoniy holatini aniqlashning ilmiy-uslubiy asoslari, nazorat testlari va baholash mezonlari yoritilgan. Zamonaviy futbolda yosh futbolchilarning sport mahoratini shakllantirish jarayonida ularning jismoniy tayyorgarlik darajasini muntazam nazorat qilish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, 16 yosh davri futbolchining maxsus jismoniy va texnik-taktik imkoniyatlari faol rivojlanadigan bosqichlardan biri hisoblanadi. Mazkur davrda tezkorlik, tezlik-kuch, chaqqonlik, umumiy va maxsus chidamlilik, koordinatsion qobiliyatlar hamda egiluvchanlikni aniqlash futbolchilarning mashg‘ulot yuklamalarini to‘g‘ri rejalashtirish imkonini beradi.

Tadqiqotda 16 yoshli futbolchilarning jismoniy holatini baholashda 10 metr va 30 metrga yugurish, 5×10 metr mokisimon yugurish, joyidan uzunlikka sakrash, 1 daqiqalik o‘tirib-turish, gavdani bukish, shuningdek maxsus chidamlilikni aniqlovchi testlardan foydalanish metodikasi ko‘rib chiqilgan. Test natijalarini kompleks tahlil qilish orqali futbolchilarning kuchli va zaif tomonlarini aniqlash, individual mashg‘ulot dasturlarini ishlab chiqish hamda mashg‘ulot yuklamalarini individualizatsiya qilish imkoniyati yaratiladi.

Maqolada jismoniy holatni aniqlash faqat alohida test natijalariga emas, balki futbolchining bir nechta jismoniy sifatlari majmuasiga asoslanishi lozimligi asoslab berilgan.

PDF

References

Матвеев Л.П. Теория и методика физической культуры. – Москва: Спорт, 2010.

Платонов В.Н. Система подготовки спортсменов в олимпийском спорте. – Киев: Олимпийская литература, 2004.

Курамшин Ю.Ф. Теория и методика физической культуры. – Москва: Советский спорт, 2010.

Озолин Н.Г. Настольная книга тренера: Наука побеждать. – Москва: АСТ, 2004.

Верхошанский Ю.В. Основы специальной физической подготовки спортсменов. – Москва: Физкультура и спорт, 1988.

Reilly T. Science and Soccer. – London: Routledge, 2003.

Wein H. Developing Youth Football Players. – Champaign: Human Kinetics, 2004.

Bangsbo J. Fitness Training in Football. – Copenhagen: August Krogh Institute, 1994.

Stølen T., Chamari K., Castagna C., Wisløff U. Physiology of Soccer. – Sports Medicine, 2005.

Williams A.M., Reilly T. Talent Identification and Development in Soccer. – Journal of Sports Sciences.

Little T. Optimizing the use of soccer drills for physiological development. – Strength and Conditioning Journal.