Abstract
Mazkur maqolada yurak aritmiyalarini aniqlashda zamonaviy diagnostika usullarining o‘rni, ularning klinik amaliyotdagi afzalliklari va ahamiyati yoritilgan. Avvalo, aritmiyalarning umumiy tavsifi, ularning keng tarqalganligi hamda yurak salomatligiga ta’siri haqida ma’lumot berilgan. Yurak aritmiyalarining turli shakllari — bradikardiya va taxikardiyalar, supraventrikulyar va ventrikulyar aritmiyalar hamda ularning hayot uchun xavfli yoki nisbatan xavfsiz ko‘rinishlari tasniflab o‘tilgan.
Maqolada an’anaviy diagnostika usullari (elektrokardiografiya, Holter monitoringi, EKG stress testi) bilan bir qatorda, zamonaviy texnologiyalar (mobil qurilmalar, elektrofiziologik tadqiqotlar, implante qilinadigan qurilmalar, sun’iy intellekt yordami bilan tahlil qilish)ning imkoniyatlari keng yoritilgan. Diagnostika usullarini tanlashda simptomlarning mavjudligi va bemorning individual holatiga ko‘ra yondashuv muhimligi alohida ta’kidlangan.
Shuningdek, maqolada zamonaviy usullarning afzallik va cheklovlari tahlil qilinib, diagnostikadagi sensitivlik va spetsifiklik, sharoitga mosligi hamda iqtisodiy samaradorlik kabi mezonlar ko‘rib chiqilgan. Yakuniy qismda esa aritmiyalarni erta aniqlashda innovatsion texnologiyalarning ahamiyati, ularni amaliyotga keng joriy etish zarurati hamda kelajakdagi rivojlanish istiqbollari (telemeditsina, sun’iy intellekt va individual yondashuv) haqida tavsiyalar berilgan.
References
Zipes DP, Jalife J. Cardiac Electrophysiology: From Cell to Bedside. 7th ed. Elsevier; 2018.
January CT, Wann LS, Calkins H, et al. 2019 AHA/ACC/HRS Focused Update on Atrial Fibrillation: Journal of the American College of Cardiology. 2019;74(1):104–132.
Goldberger AL. Clinical Electrocardiography: A Simplified Approach. 9th ed. Elsevier; 2018.
European Society of Cardiology (ESC). 2020 ESC Guidelines for the diagnosis and management of atrial fibrillation. Eur Heart J. 2020;42(5):373–498.
Haïssaguerre M, Jaïs P, Shah DC, et al. Spontaneous initiation of atrial fibrillation by ectopic beats originating in the pulmonary veins. New England Journal of Medicine. 1998;339(10):659–666.
Turdiyev M., "Yurak aritmiyalari va ularni davolashda zamonaviy yondashuvlar", Tibbiyot va amaliyot, Toshkent, 2022.