Abstract
Ushbu maqolada shaxsga fiziologik yondashuvning tarixiy rivojlanishi bilan bir qatorda yosh fiziologiyasi turli yoshdagi organizmlarning rivojlanish jarayonida organlar tizimi va butun organizmda sodir bo'ladigan o‘zgarishlarni o‘ziga xos yosh xususiyatlarini o‘rganadi. Bola organizmi katta odam organizmidan tubdan farq qiladi. Demak, bola organizmi faqat katta odam qolipi bo’lmay, balki hajmi, fiziologik xususiyatlari va tashqi muhitga moslashishi bilan farq qiladi. Bolalar va o‘smirlar fiziologiyasining asosiy o'rganadigan ob’ekti rivojlanib kelayotgan yosh organizmdir. Binobarin, pedagoglar ta'lim tarbiya ishlarini yosh fiziologiyasi m a’lumotlariga asoslangan holda olib borishlari muhim ahamiyatga ega. Maktab, litsey va kasb-hunar kollejlarida jismoniy tarbiya, mehnat darslarida, ijtimoiy - foydali mehnatda, sogiomlashtirish ishlarida bolalar va o‘smirlarning anatomo-fiziologik xususiyatlari albatta hisobga olinishi kerak. O‘sib rivojlanib kelayotgan organizm salomatligini, jismoniy va aqliy qobiliyatini baholash, sog‘lom hayot kechirish asoslarini aniqlash yosh fiziologiyasi ilmi yutuqlariga bog'liq. Shuning uchun yosh fiziologiyasi ihni ijtimoiy ahamiyatga egadir.
References
O.T. Alyaviya, Sh.Q. Qodirov, A.N. Qodirov, Sh.H. Hamroqulov, E.H. Haulov “Normal fiziologiya” darslik, Toshkent:. O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti – 2007
A.N. Aripov “Odam fiziologiyasi”, Namangan - 2015
Dаnilovа N.N. Psixofiziologiya. M.,1998
Q. Sodiqov S.H. Aripova G.A. Shahmurova “Yosh fiziologiyasi va gigiyena” Toshkent «Yangi asr avlodi» -2009
J. Karimboy “O’spirinlik davridagi yigit va qizlarning hayot faoliyatida fiziologik rivojlanish, psixologik o’zgarish va ijtimoiy jarayonlarning ahamiyati”, vol. 2 no. 16 (2023): O'zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar jurnali 02.19.2023-yilgi soni soni, 586-varaq